35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi

Maktablarda birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi

Bugun Sariosiyo tumanidagi barcha umumta’lim maktablarida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda 2026–2027-o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Bilimlar kuni” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Jumladan, tumandagi 1-sonli umumta’lim maktabida o‘tkazilgan tantanali tadbirda xalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Odiljon Yaqubov, soha mas’ullari, ustozlar, o‘quvchilar hamda ota-onalar ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan tuman hokimi barchani O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan samimiy tabriklab, yurtimiz taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning o‘rni, mustaqillikning bebaho ne’mati hamda yosh avlodni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashning ahamiyati haqida so‘z yuritdi.

Shuningdek, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘ygan 1-sinf o‘quvchilariga an’anaga muvofiq “Prezident sovg‘asi” tantanali ravishda topshirildi.

Bayram tadbiri kuy-qo‘shiqlar va badiiy chiqishlar bilan davom etdi. Shundan so‘ng barcha sinflarda “Mustaqillik darslari” o‘tkazilib, unda Vatan ravnaqi, mustaqillikning qadr-qimmati, tinchlik, bilim va ma’rifatning hayotimizdagi beqiyos o‘rni haqida so‘z bordi.

Yangi o‘quv yilining boshlanishi o‘quvchilarni yangi marralar sari ilhomlantirsa, ustozlar zimmasiga yanada yuksak mas’uliyat yuklaydi. Bugun tumanimizning barcha maktablarida jaranglagan birinchi qo‘ng‘iroq ezgu maqsadlar va ulkan orzular sari dadil qadamlarning ramziga aylandi.

Slide 1 of 4