Xalq deputatlari Bekobod tuman Kengashi deputati, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan A.Djabborov Qushchi mahallasida boʻlib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi bilan yaqindan tanishdi.
Tashrif davomida xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash, ularning bandligini taʼminlash, ijtimoiy faolligini oshirish hamda muammolarni manzilli hal etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
🤝 Hududlarda amalga oshirilayotgan ezgu tashabbuslar va samarali hamkorlik aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.