35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
Bandlik, tadbirkorlik va farovonlik — deputatlar diqqat markazida



Mahallalarda aholi bilan ishlash tizimini takomillashtirish, hududning iqtisodiy salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar bandligini ta’minlash — mahalliy Kengash deputatlari nazoratidagi muhim yo‘nalishlardan biridir.

Mahalla faollari ishtirokida o‘tkazilgan yig‘ilishdan so‘ng Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining 21-“Jo‘yjangal” saylov okrugi deputati G.Xudoyqulova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirovlar “Jo‘yjangal” mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisining amaliy faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida tashkil etildi. Unda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holati, aholi bilan ishlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, bandlikni ta’minlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalari atroflicha tahlil qilindi.

📊 O‘rganish davomida qator yo‘nalishlardagi natijalar ko‘rib chiqildi:

🔹 Ijtimoiy-iqtisodiy holat va xonadonbay o‘rganish yo‘nalishida 5 ta muammo aniqlanib, shundan 4 tasi hal etilgan.

🔹 Bandlikni ta’minlash borasida 12 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

🔹 Kasb-hunar va tadbirkorlikka yo‘naltirish natijasida 10 nafar fuqaro doimiy daromad manbaiga ega bo‘lgan.

🔹 Kredit, subsidiya va boshqa moliyaviy ko‘maklar asosida 14 ta loyiha amalga oshirilgan.

🔹 Tadbirkorlik va mikroloyihalar doirasida 5 ta yangi loyiha ishga tushirilgan.

🔹 Mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolar bilan ishlash natijasida 13 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

🔹 Faoliyati to‘xtagan korxonalarni tiklash yo‘nalishida 2 ta korxona faoliyati qayta tiklangan.

🔹 Bo‘sh bino-inshoot va yer maydonlaridan samarali foydalanish hisobiga 2 ta obyekt iqtisodiy faoliyatga jalb qilingan.

🔹 Kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan manzilli ishlar natijasida 24 ta oila kambag‘allikdan chiqarilgan.

🔹 Yashil energiya yo‘nalishida 1 ta obyekt muqobil energiya manbalaridan foydalanishga o‘tkazilgan.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi faoliyati, xususan, aholini xonadonbay o‘rganish, ularning muammolariga individual yondashish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va fuqarolarning daromad manbalarini ko‘paytirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, faoliyat O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ–328-son Qonuni talablari asosida ko‘rib chiqilib, tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, ularning muammolarini o‘rganish va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — mahalladagi har bir imkoniyatni ishga solish, har bir muammoning yechimini topish va fuqarolarning farovonligini oshirishdir.

O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi. Hokim yordamchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholi bandligini oshirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda hududning mavjud iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab olindi.