35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Yoshlik mahallasining chekka hududlarida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Fazogir mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
Sayyor qabul: saylovchilar murojaatlari e’tiborda

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati N. Fatullayeva hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan “Boliob” mahallasida saylovchilar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
➡️Sayyor qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni qonuniy tartibda hal etish bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Murojaatlarda, asosan, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ijtimoiy masalalar, obodonlashtirish hamda aholini qiynayotgan boshqa muammolar yuzasidan fikr va takliflar bildirildi.
➡️Deputat N. Fatullayeva fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan har bir masalaga e’tibor qaratib, murojaatlarni o‘rganish va amaliy yechim topishda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilishini ta’kidladi.
➡️Bunday sayyor qabullar aholining muammolarini bevosita joyida o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish va ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
➡️Muloqot yakunida murojaatlar nazoratga olinib, ularning ijrosi bo‘yicha tegishli choralar belgilandi.

Slide 1 of 3