35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Yoshlik mahallasining chekka hududlarida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Fazogir mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
#deputat_mahallada

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati Sh. Boboyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I. Xolov tomonidan “Xumin” mahallasida xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi o‘rganildi.
✔️O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, ijtimoiy ko‘makka muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikka jalb etish borasida olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.
✔️Shuningdek, xotin-qizlarning murojaatlari bilan ishlash, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish, oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhitni mustahkamlash hamda ehtiyojmand ayollarga amaliy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
✔️O‘rganish jarayonida mavjud muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, xotin-qizlar faoli faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mahalladagi ayollarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va ularni hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish belgilab olindi.
✔️Bunday o‘rganishlar mahallalarda xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish va farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4