Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
BUNYODKOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI SIFATI NAZORAT QILINDI

BUNYODKOR MAHALLASIDA YO‘L TA’MIRI SIFATI NAZORAT QILINDI

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashevich, Kengash kotibiyat mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda Kengashning Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zolari ishtirokida 5-Bunyodkor saylov okrugi hududidagi ichki ko‘chalarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida yo‘l qoplamalarining holati, ta’mirlash ishlarining bajarilish sifati, ishlarning belgilangan talablar asosida olib borilayotgani hamda hudud aholisi uchun yaratilayotgan sharoitlar ko‘rib chiqildi.

👥 Mahalla vakillari va fuqarolar bilan muloqot davomida ichki ko‘chalarning holati yuzasidan bildirilgan fikr va takliflar tinglandi. Aholini qiynayotgan masalalarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar bildirildi.

✅ O‘rganish yakunida ichki ko‘chalarda olib borilayotgan ta’mirlash ishlarining sifatiga e’tibor qaratish, mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish va ishlarni belgilangan talablar asosida yakunlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

🏡 Sifatli yo‘l — aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanishning muhim omilidir.

Slide 1 of 3