Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
🔰Doimiy komissiya yig‘ishi bo‘lib o‘tdi.

🔘Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi tomonidan shahar Kengashining navbatdagi sessiya yig‘ilishi muhokamasiga kiritiladigan masalalarni dastlabki tarzda ko‘rib chiqish maqsadida yig‘ilish o‘tkazildi.

🔻Kun tartibidagi masala:

🔸1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi PF–116-son Farmonida mahalla raislari uchun tavsiya etilgan asosiy vazifalar ijrosi hamda shahar mahallalarida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

🔸2. Jizzax shahrida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning holati va natijadorligi to‘g‘risida”.

🔸3. Jizzax shahrida “Davlat tili haqida”gi hamda “Reklama to‘g‘risida”gi qonunlar ijrosi, tashqi reklama va eʼlonlarni davlat tili hamda milliy madaniyat meʼyorlari asosida tartibga solish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

🔹Yig‘ilish davomida, doimiy komissiya aʼzolari yuqoridagi masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdilar. Yig‘ilish so‘ngida deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalarni inobatga olib, doimiy komissiyaning tegishli qarorlari qabul qilindi. 

Slide 1 of 8