Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
QONUN IJROSI O‘RGANILDI

 QONUN IJROSI O‘RGANILDI  

Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputati M. Ahmadalieva tomonidan
tuman Kengashi doimiy komissiyalari faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan
tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limining hisobxona bo‘limida O‘zbekiston
Respublikasining 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi
O‘RQ-637-son Qonunining bajarilishi o‘rganildi.
 

O‘rganish davomida ta’lim sohasida moliyaviy va hisob-kitob ishlarini
amaldagi qonunchilik talablari asosida tashkil etish, mablag‘lardan maqsadli va
samarali foydalanish, shuningdek, xodimlarning mehnat huquqlari va qonuniy
manfaatlarini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.
 

O‘rganish natijasida aniqlangan masala va kamchiliklar yuzasidan
mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi. Qonunchilik talablariga
rioya etish, hisob-kitob ishlarini belgilangan tartibda yuritish hamda ta’lim
tizimiga ajratilgan mablag‘lardan samarali foydalanish bo‘yicha zarur
choralarni ko‘rish tavsiya etildi.
  

Slide 1 of 1