Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
💧 “QANGLI” KANALINI BETONLASHTIRISH — DEPUTATLIK NAZORATIDA

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati
Masharipov Izzat Norimonovich
📅 2026-yil 17-avgust | 📄 131-ds-448-26-son
📍 So‘rov yo‘llandi:
Shovot tumani “Suv yetkazib berish xizmati” DM direktori J. Iskandarovga
🎯 SO‘ROV MAQSADI
Prezidentning 2025-yil 8-oktabrdagi PQ-298-son qarori ijrosi doirasida “Qangli” kanalining 3 km qismini betonlashtirish ishlari deputatlik nazorati tartibida o‘rganilmoqda.
💰 Mazkur ishlar uchun 4,5 mln so‘m mablag‘ ajratilgan.
🔎 ASOSIY MASALALAR
1️⃣ Betonlashtirish ishlarining amaldagi holati;
2️⃣ 4,5 mln so‘m mablag‘ning sarflanishi va bajarilgan ishlar hajmi;
3️⃣ Bajarilgan ishlarni tasdiqlovchi hujjatlar;
4️⃣ Amalga oshirilgan ishlarning foto-lavhalari;
5️⃣ Ishlar yakunlanmagan bo‘lsa, sabablar va ularni yakunlash choralari.
📌 DEPUTATLIK NAZORATI
Mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi, belgilangan ishlarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi nazoratga olindi.
📑 So‘ralgan ma’lumotlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma javob taqdim etilishi so‘raldi.
XALQ MANFAATI — DEPUTATLIK NAZORATINING ASOSI!