35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Yoshlik mahallasining chekka hududlarida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Fazogir mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
Deputat so'rovi ijrosi

O‘rganishlar jarayonida ariq o‘zani maishiy chiqindilar, loyqa va yovvoyi o‘tlar bilan qoplanib, suvning erkin oqib o‘tishiga to‘sqinlik qilayotgani hamda hududning ekologik holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani aniqlangan edi.

Mazkur muammo yuzasidan deputat tomonidan Termiz shahar hokimining obodonlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Ergashov nomiga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovi asosida tegishli tashkilotlar tomonidan qisqa muddatda amaliy ishlar olib borildi:
ariq o‘zani maishiy chiqindilar va loyqadan tozalandi;
yovvoyi o‘tlar o‘rib tashlandi;
suvning erkin oqimi tiklandi;
hududning sanitariya va ekologik holati yaxshilandi.

Termiz shahar hokimligining rasmiy javob xatida “Turkman ariq” hududida tozalash ishlari amalga oshirilgani va masala doimiy nazoratga olingani ma’lum qilindi.

Fuqarolar murojaatlari asosida ko‘tarilgan har bir masala deputatlik nazoratida bo‘lib, hududlarda obodlik, tozalik va qulay yashash muhitini yaratish yo‘lida amaliy ishlar davom ettirilmoqda.

Mahalla obodligi — aholi farovonligining muhim omili.
Har bir murojaat e’tiborda, har bir muammo nazoratda!