35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Yoshlik mahallasining chekka hududlarida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Fazogir mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
#Jarayon #Kengash_va_deputatlar_haqida

#Jarayon #Kengash_va_deputatlar_haqida

🚧 Yo‘l infratuzilmasi
yaxshilanmoqda.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 21-Chinobod saylov okrugi deputati Mamatova Gulorom O‘ralovna tomonidan “Qishloq joylarini kompleks rivojlantirish” loyihasi doirasida Chinobod mahallasida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlari o‘rganildi.

🚜 Ayni paytda mahalla hududidagi ichki yo‘llarni asfaltlashtirish va obodonlashtirish ishlari jadal davom etmoqda. Deputat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning borishi, yo‘l qoplamasining sifati hamda belgilangan ishlarning o‘z vaqtida bajarilishi yuzasidan deputatlik nazorati olib borildi.

🛣 Mazkur bunyodkorlik ishlari natijasida mahalla ichki yo‘llarining infratuzilmasi yaxshilanib, fuqarolarning qulay va xavfsiz harakatlanishi uchun yanada yaxshi sharoitlar yaratilmoqda.

🤝 Aholi manfaatlarini ta’minlash, hududlarda mavjud muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini topish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu maqsadda deputatlar tomonidan kechani kecha, kunduzni kunduz demay, hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining borishi doimiy nazorat qilib borilmoqda.

Deputatlik nazorati — aholi manfaatlari va hudud rivoji yo‘lida!!

Slide 1 of 1