35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Yoshlik mahallasining chekka hududlarida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Fazogir mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
Boshrabot mahallasida qurilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi ko‘zdan kechirildi

 Boshrabot mahallasida qurilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilishi ko‘zdan kechirildi

✅ Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxasisisi Z.O‘zbekovaga biriktirilgan 13-Rabot saylov okrugida Xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri Sh.M.Boyqulov, xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov, tuman Kengashi kotibiyati mudiri O‘.Murodov va xodimlari, shuningdek tuman Kengashi deputatlari bilan hamkorlikda Boshrabot mahallasida Xalq deputatlari tuman kengashining 2026-yil 3-martdagi “Boysun tumanida 2026-yil davomida “Og‘ir tuman” dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun zarur infratuzilmaviy shart-sharoitlar yaratish hamda tumandagi“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi” va “og‘ir” toifadagi mahallalarning ixtisoslashuvini chuqurlashtirishga qaratilgan manzilli dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-20-18-8-110-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida Boshrabot mahallasida qurilayotgan piyodalar yo‘lakchasi qurilish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.

✅ O‘rganish davomida qurilish ishlarining borishi, yo‘lakcha uchun asos tayyorlash, betonlashtirish ishlari, qurilish materiallarining sifati hamda belgilangan loyiha va me’yoriy talablarga rioya etilishi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, mas’ul tashkilotlar vakillariga ishlarni sifatli tashkil etish, belgilangan muddatlarda yakunlash hamda piyodalar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Mazkur loyiha yakunlangach, Boshrabod mahallasi aholisining piyodalar harakati uchun qulay va xavfsiz sharoit yaratiladi, ichki infratuzilma yanada yaxshilanib, hududning obodligi va aholining turmush sifati oshishiga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1