35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kutubxona-axborot markazi faoliyati o‘rganildi
янв.21
AHOLI BILAN BEVOSITA MULOQOT
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, tibbiyot muassasasining faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Payshanba – yoshlar kuni: yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Kutubxona axborot-resurs markazi faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Mingbuloq mahallasida aholiga xizmat ko‘rsatish sifati va narx-navo o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasidagi yangi maktab qurilishi o‘rganildi
янв.21
Guliston mahallasidagi lotok qurilishi ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarining holati o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Raximovga biriktirilgan kotibiyat bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan 15-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida faoliyat yuritayotgan ingliz tili, matematika hamda raqs to‘garaklari faoliyati ham yaqindan ko‘zdan kechirildi.
Qumqo‘rg‘on tumanida yirik investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda

Qumqo‘rg‘on tumanining “Elobod” mahallasi hududida Xitoylik investorlar tomonidan 5 million AQSH dollari miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb etilgan holda zamonaviy pishgan g‘isht ishlab chiqarish korxonasi barpo etilmoqda.
Ayni paytda loyiha doirasida qurilish-montaj ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Korxona ilg‘or va zamonaviy texnologiyalar asosida tashkil etilib, kelgusida qurilish materiallariga bo‘lgan ichki talabni qondirish, mahalliy ishlab chiqarish hajmini oshirish hamda tumanning sanoat salohiyatini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Loyihaning to‘liq ishga tushirilishi natijasida 100 nafardan ortiq yangi ish o‘rni yaratilishi ko‘zda tutilgan. Bu esa, o‘z navbatida, mahalliy aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning daromad manbalarini kengaytirish va yangi imkoniyatlar yaratish bilan birga, Qumqo‘rg‘on tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga munosib hissa qo‘shadi.
Yangi investitsiya — yangi ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari va yangi imkoniyatlar!

Slide 1 of 4