To‘garaklarda o‘quvchilarning bilim va iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar zamonaviy yondashuvlar asosida
samarali tashkil etilgani qayd etildi. Ayniqsa, ingliz tili va matematika fanlari bo‘yicha xalqaro hamda milliy sertifikatlarni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarning soni ko‘pligi ta’lim sifati yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganining yorqin isbotidir. E’tiborlisi, mazkur to‘garaklarning samaradorligi tufayli nafaqat ushbu maktab, balki qo‘shni mahalla va boshqa hududlardagi o‘quvchilar ham bu yerga kelib, bilim olishga intilayotgani kuzatildi. Bu esa pedagoglarning yuksak malakasi, mashg‘ulotlarning sifatli tashkil etilgani
hamda ta’lim muassasasida yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasidir. Shuningdek, raqs to‘garagida ham o‘quvchilarning
ijodiy qobiliyatini rivojlantirish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilgani qayd etildi.