Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi L.Toshquvvatov hamda tuman deputatlari N.Hamidova va S.Abduvaliyevalar tomonidan tuman Politexnikumi sport zali faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida sport zalining moddiy-texnik holati ko‘zdan kechirilib, inshootning ayrim qismlari ta’mirtalab ahvolga kelib qolganligi aniqlandi. Bu holat yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun yaratilgan sharoitlarni yana-da yaxshilash zarurligini ko‘rsatadi.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va sport zalini ta’mirlash yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqish bo‘yicha mas’ullarga tavsiyalar berildi.