35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
Yoshlik mahallasining chekka hududlarida elektr ta’minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Fazogir mahallasida xotin-qizlar muammolari o‘rganildi
24-muhim tavsiya doirasida: Boshqaruv kompaniyalari faoliyati deputat nazoratida

Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 ta yo‘nalish tavsiyalari ijrosi doirasida Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati, XDP a’zosi Ahmedov Shuxrat Murotovich o‘z saylov okrugi hududida boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini o‘rgandi.
O‘rganish jarayonida ko‘p qavatli uylarning atrof hududlari obodonchiligi, sanitariya-tozalik holati, tungi yoritish tizimlari hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, boshqaruv kompaniyalari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, hududlarda tozalikni ta’minlash, yoritish tizimlarini yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini oshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Deputat tomonidan bu kabi o‘rganishlar aholi uchun qulay va xavfsiz yashash muhitini yaratish, boshqaruv kompaniyalari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 2