Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
Sessiya kun tartibidagi masala o‘rganildi

Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashi raisining topshirig‘iga asosan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi D.Xodjanov “Ekspert guruhi” a’zosi F.Bekjanov bilan birgalikda Kengashning navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritiladigan masala yuzasidan o‘rganish ishlarini olib bordi.

🔍 O‘rganish davomida Taxiatosh tumani hokimligi Qurilish va uy-joy xo‘jaligi bo‘limida Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 2025-yil 1-martdagi VII-12-83-13-215-K/25-sonli qarorining birinchi ilovasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish masalasi ko‘rib chiqildi.

📑 Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi O‘RQ-937-sonli Qonuni ijrosini ta’minlash bilan bog‘liq.

📝 O‘rganish yakunlari bo‘yicha tegishli ma’lumotlar umumlashtirilib, masalani navbatdagi sessiya kun tartibida ko‘rib chiqishga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda.