Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
Imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olindi

 Imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olindi 

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi deputati B. Jabbarov
hamda kotibiyat bosh mutaxassisi S. Matyaqubovalar Shixmashhad
mahallasi, Quvonch ko‘chasi 8-uyda istiqomat qiluvchi I guruh nogironi Qodirov
Qodirbek Olimboyevich va Qodirova Muqaddas Olimboyevna xonadoniga
tashrif buyurdilar.
 

Tashrif davomida fuqarolarning sog‘lig‘i, yashash sharoiti va tibbiy
xizmatdan foydalanish holati o‘rganildi. Ularni o‘z vaqtida hamda sifatli
tibbiy xizmat bilan ta’minlash masalalari yuzasidan mas’ul tashkilotlarga
tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
 

Bunday tashriflar aholini, ayniqsa ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni har
tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyida o‘rganish va amaliy
yechim topishga qaratilgan deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan
biridir. Yangi O‘zbekistonda inson qadri va ijtimoiy adolat tamoyillarini
hayotga tatbiq etish, aholining munosib turmush sharoitini ta’minlash
borasidagi davlat siyosati izchil amalga oshirilmoqda.
 

   

Slide 1 of 1