Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
Deputat mahallada Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Fayzobod” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari tuman Kengashi sessiyasi oldidan: “Fayzobod” MFY aholisi bilan uchrashuv o‘tkazildi

Xalq deputatlari Piskent tumani 3-Mitan saylov okrugi deputati B. Abralov tomonidan Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining navbatdagi 30-sessiyasi kun tartibiga kiritish rejalashtirilgan tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i, tuman Adliya bo‘limi boshlig‘i hamda tuman IIB JXX YHXB bo‘lim boshlig‘ining hisobot va axborotlarini eshitish munosabati bilan “Fayzobod” MFY aholisi bilan muloqot tashkil etildi.

Uchrashuvda tuman Ichki ishlar bo‘limi, tuman Adliya bo‘limi hamda tuman IIB JXX YHXB mas'ul xodimlari ishtirok etib, hisoboti eshitilishi belgilangan sohalar bo‘yicha aholini qiynab kelayotgan muammolar va saylovchilarning takliflarini eshitishdi.

O‘tkazilgan muloqot davomida quyidagilar qayd etildi:

Ko‘tarilgan masalalar: “Fayzobod” MFY aholisi tomonidan yuqoridagi sohalar bo‘yicha jami 13 ta muammo ko‘tarildi.

Huquqiy tushuntirishlar: Murojaatlarning asosiy qismi tuman Adliya bo‘limiga tegishli huquqiy masalalar bo‘lib, ularning 10 tasi bo‘yicha mas'ul xodimlar tomonidan joyida huquqiy maslahat va ko‘rsatmalar berildi.

Ijroga qaratilgan murojaatlar: Qolgan 3 ta muammo bo‘yicha mas'ul xodimlar tomonidan tez kunlarda bartaraf etish choralarini ko‘rish yuzasidan javoblar berildi va ijrosi nazoratga olindi.

Saylovchilarning murojaat va takliflarini o‘rganish hamda ularning yechimini topishga qaratilgan amaliy muloqotlar deputatlik nazorati ostida davom ettirilmoqda.

Telegram(http://t.me/PiskentTumaniKotibiyati) Facebook(https://www.facebook.com/share/1B4wErcYvP/ Instagram(https://www.instagram.com/piskent_tuman_kengashi?igsh=MXY1ZzNjYXhweG1oZw

 

Slide 1 of 3