Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
янв.21
Yoshlik mahallasida obodonlashtirish va infratuzilma ishlari izchil davom etmoqda
🚧 Infratuzilma holati deputatlar tomonidan o‘rganilmoqda



Xalq deputatlari Guliston shahar Kengashi deputatlari Erkin Abduraxmonov, Lola Kenjayeva hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi N. Abdumo‘minova tomonidan Baxt mahallasi hududida infratuzilma holatini joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida aholi murojaatlarida ko‘tarilgan masalalar asosida shag‘al (tosh) yotqizilgan bo‘lsa-da, asfalt qoplamasi yotqizilmagan ichki ko‘chalarning holati ko‘zdan kechirildi. Mazkur holat aholining kundalik harakatlanishida noqulayliklar tug‘dirayotgani qayd etildi.

Aniqlangan muammolar yuzasidan mavjud holat tahlil qilinib, asfaltlashtirish ishlarini jadallashtirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqish hamda masalani deputatlik nazoratida olib borish belgilandi.

🛣 Hududlarda infratuzilmani yaxshilash va aholi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan o‘rganishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 3