Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova, tuman Kengashi deputati J.Ismonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositovalar ishtirokida tumandagi Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari ko‘tarinki ruhda tashkil etilmoqda.
янв.21
Bugun xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova o‘z saylov okrugida joylashgan 21-umumta’lim maktabida yangi o‘quv yili munosabati bilan tashkil etilgan “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik — e’tibor markazida
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan narx-navo o‘rganildi
янв.21
Shahriobod mahallasida “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Ulug‘bek mahallasida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Mahalliy budjet ijrosi muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev Guliston mahallasida aholi vakillari bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
янв.21
Aholiga suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilishi nazorat qilindi
YOSH XODIMLAR UCHUN YARATILGAN IMKONIYATLAR O‘RGANILMOQDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan deputatlik nazorati ishlari olib borilmoqda.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-iyuldagi 460-son qarori bilan tasdiqlangan “Ish beruvchilarga ular tomonidan 25 yoshdan oshmagan xodimlar uchun to‘langan ijtimoiy soliq summasini Davlat budjetidan to‘liq qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom” talablari ijrosi o‘rganilmoqda.

Mazkur yo‘nalishdagi o‘rganish ishlarini olib borish vazifasi doimiy komissiya tomonidan Ziyodullayev Xusanga biriktirildi.

O‘rganish davomida ish beruvchilarga yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish holati, yoshlarni bandligini ta’minlashga qaratilgan imtiyozlarning amaldagi ijrosi belgilangan tartibdaustidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.