Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
OCHIQ BOSHQARUV XALQ MANFAATLARINING MUSTAHKAM KAFOLATI

Mamlakatimizda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari - mahalliy Kengashlarining o‘rni va nufuzi tubdan mustahkamlandi. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan qabul qilinayotgan qonunlar, Farmon va qarorlar Kengashlarning mustaqilligini oshirish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududlarni rivojlantirishda ularning rolini yanada yuksaltirishga xizmat qilmoqda. 

Yangilangan Konstitutsiyada mahalliy vakillik organlarining vakolatlari yanada aniq belgilandi. Xususan, hududlarni kompleks
rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash, mahalliy budjetni ko‘rib chiqish va uning ijrosi ustidan nazoratni amalga oshirish, davlat organlari va mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda hududdagi dolzarb muammolarni hal etishda Kengashlarning mas'uliyati sezilarli darajada oshirildi.
 

So‘nggi yillarda qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar bilan deputatlik nazoratining yangi mexanizmlari joriy etildi.
Bugungi kunda qonunlar, Prezident farmonlari va hukumat qarorlari ijrosi yuzasidan joylarda o‘rganishlar o‘tkazish, davlat organlari rahbarlarining hisobotlarini sessiyalarda muntazam eshitish, deputatlik so‘rovlarini yuborish hamda doimiy komissiyalar faoliyatini kuchaytirish orqali hududlardagi muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tizimi shakllandi.
 

Davlatimiz rahbarining 2026-yil 1-apreldagi PF-51-son Farmoni bilan aholi bilan muloqot tizimi yangi bosqichga olib chiqildi. Mazkur hujjat asosida Xalq qabulxonalari, mahallalar va davlat organlari o‘rtasidagi hamkorlikni yanadamustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini tezkor va sifatli hal etish hamda bu jarayonlar ustidan xalq deputatlari Kengashlari tomonidan samarali nazoratni
amalga oshirish vazifalari belgilandi. Natijada Xalq qabulxonalari faoliyati bo‘yicha axborotlarni sessiyalarda muntazam ko‘rib chiqish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.
 

Shuningdek, 2026-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmon bilan mahalla tizimini isloh qilishning yangi bosqichi boshlandi. Ushbu Farmon mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar, "mahalla yettiligi" faoliyati, hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlari va aholi muammolarini hal etish borasidagi ishlar ustidan Kengashlarning nazorat vakolatlarini yanada kuchaytirdi. 

Bugungi kunda deputatlar ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy himoya, bandlik, yoshlar siyosati, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash,
ekologiya, kommunal xizmatlar, infratuzilma va boshqa yo‘nalishlarda qonunlar ijrosini joyiga chiqqan holda o‘rganmoqda. O‘rganishlar natijalari doimiy komissiyalar yig‘ilishlarida muhokama qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar ishlab chiqilmoqda hamda masalalar Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilmoqda.
 

Deputatlik so‘rovi instituti ham amaliy nazoratning muhim vositasiga aylandi. Deputatlar hududlarda aniqlangan muammolar yuzasidan davlat organlari va tashkilotlar rahbarlariga deputatlik so‘rovlarini yuborib, ularning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini nazorat qilmoqda. Bu esa fuqarolar murojaatlarida ko‘tarilgan dolzarb masalalarni qisqa muddatlarda hal etishga xizmat qilmoqda. 

Mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash borasida ham muhim islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Kengash sessiyalarini onlayn translyatsiya qilish amaliyoti joriy etildi. Endilikda fuqarolar sessiya jarayonlarini real vaqt
rejimida kuzatish, muhokama qilinayotgan masalalar va qabul qilinayotgan qarorlar bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda. Bu esa Kengashlar faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini ta'minlash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarning mahalliy davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishda muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
 

Bundan tashqari, Kengashlar faoliyatini raqamlashtirish, elektron hujjat aylanishini keng joriy etish, sessiya materiallarini oldindan e’lon qilish, qabul qilingan qarorlarni keng jamoatchilikka yetkazish, doimiy komissiyalar faoliyatini takomillashtirish
hamda deputatlarning saylovchilar bilan ochiq muloqotini kuchaytirish bo‘yicha ham izchil ishlar olib borilmoqda.
 

Bugungi kunda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri deputatlar va doimiy komissiyalarga biriktirilgan (taqsimlangan) qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmon va qarorlari hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi ustidan samarali deputatlik nazoratini amalga oshirishdan iborat. Shu maqsadda
qonunlarning hududlardagi ijrosi aholi o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rovnomalar, joyiga chiqib o‘rganishlar, fuqarolar murojaatlari va jamoatchilik fikri asosida tahlil qilinmoqda. Mazkur amaliyot nafaqat qonunlarning amaldagi ijrosiga xolis baho berish, balki mavjud muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish hamda masalalarni Kengash doimiy komissiyalari va sessiyalari muhokamasiga olib chiqish imkonini bermoqda. Natijada deputatlik nazorati yanada samarali, ochiq va aholi manfaatlariga yo‘naltirilgan mexanizm sifatida shakllanmoqda.
 

Bugungi islohotlarning bosh maqsadi - mahalliy Kengashlarini hudud rivoji va aholi manfaatlarini ta’minlovchi haqiqiy vakillik
organiga aylantirishdir. Bu esa har bir deputatdan yuksak mas’uliyat, tashabbuskorlik va xalq ishonchini oqlash yo‘lida fidoyilik bilan faoliyat yuritishni talab etadi.


Xalq deputatlari
Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova