Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
📍 ISTIQLOL MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BANDLIGINI TA’MINLASH VA KASB-HUNARGA O‘QITISH ISHLARI O‘RGANILDI

👩‍💼 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-martdagi 145-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Gulxumar Dosova, Kengash kotibiyati mudiri I.Masharipov hamda kotibiyat xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumanning Istiqbol mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
🤝 O‘rganishlar davomida xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, ularning bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda tikuvchilik yo‘nalishida “Ustoz–shogird” an’anasi asosida olib borilayotgan faoliyat bilan yaqindan tanishildi.
🧵 Shuningdek, tikuvchilik faoliyatini kengaytirish, xotin-qizlarning daromad manbalarini oshirish va ularni doimiy ish bilan ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilinib, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
✅ Xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda oilalar farovonligini yuksaltirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish muhim vazifa ekani ta’kidlandi.

Slide 1 of 2