Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati F. Seydabullayeva Sayapr mahallasida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
O‘rganish davomida ko‘p tarmoqli poliklinikaning Sayapr shahobchasi tomonidan 2 ta mahalladagi 7100 nafarga yaqin aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatilayotgani, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 19-iyundagi 382-son qarori asosida fuqarolarga bepul dori vositalari, sarflash materiallari va tibbiy buyumlar yetkazib berilayotgani aniqlandi.
Aholi tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlardan mamnunlik bildirildi. Deputat tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlash yuzasidan takliflarini bildirdi.