Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
“Mahalla yettiligi” faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.

👥Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 5-Cheksaroy saylov okrugi deputati S.Egamnazarova hududiga qarashli Cheksaroy mahalla fuqarolar yig‘inida Kengash kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev, Xalq demokratik partiyasi tuman Kengashi raisi D.Xamraqulovlar tomonidan “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

📊 O‘rganish davomida, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan “Ayollar daftari”ning 7-bosqichi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi ham o‘rganildi. Mazkur bosqichda jami 141 nafar xotin-qiz ro‘yxatga olinib, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy, tibbiy va huquqiy yordam ko‘rsatishga ehtiyojlari tahlil qilindi. Hozirga qadar 44 nafar xotin-qizga turli ko‘rinishdagi amaliy yordamlar ko‘rsatilgan.

📝 O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi, belgilangan vazifalar ijrosi hamda mavjud muammolar yuzasidan mas’ul xodimlarning axborotlari tinglanib, faoliyatni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2