Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Mahalliy byudjet daromadlari ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Kengashning Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi X.Abdullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Adxamov tomonidan Qo‘qon shahar Soliq inspeksiyasida mahalliy byudjet daromadlari reja ko‘rsatkichlari hamda O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi talablari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Soliq inspeksiyasi bosh inspektori A.Muxammedjanov ishtirokida joriy yilning ikkinchi choragi hamda iyun oyi bo‘yicha mahalliy byudjet daromadlari reja ko‘rsatkichlarining bajarilishi tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yil II chorak uchun Qo‘qon shahri mahalliy byudjeti daromadlari rejasi 57 milliard 212 million so‘m etib belgilangan bo‘lib, amalda 63 milliard 395 million so‘m tushum ta’minlanib, reja 111 foizga bajarilgan.

Shuningdek, 2026-yil iyun oyi uchun mahalliy byudjet daromadlari rejasi 20 milliard 76 million so‘m etib belgilangan bo‘lsa, amalda 21 milliard 736 million so‘m tushum ta’minlanib, belgilangan reja 108 foizga ijro etilgani qayd etildi.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi talablariga muvofiq mahalliy byudjet daromadlarini shakllantirish, reja ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish, byudjetga tushumlarni oshirish hamda daromadlar bazasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, ushbu natijalarga erishishda qo‘shimcha daromad manbalarini aniqlash, soliq tushumlarini ko‘paytirish, yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish va soliq intizomini mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3