Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
XALQ DEPUTATLARI BOGʻOT TUMANI KENGASHI KOTIBIYATI VA DEPUTATLARI TOMONIDAN 2026-YIL 29-IYUNDAN – 3-IYULGACHA AMALGA OSHIRILISHI BELGILANGAN CHORA-TADBIRLAR REJASI

29-IYUN
Rahmanova Gulziba Shamuratovna
7-Zarbdor saylov okrugi
Hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oʻrganish, xususan aholini kambagʻallikdan chiqarish va bandligini taʼminlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni tahlil qilish.
MFY hokim yordamchisi faoliyatidagi mavjud kamchiliklarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda 2013-yil 22-apreldagi 350-son hujjati ijrosi oʻrganiladi.
Masʼul: Kengash kotibiyati mudiri M.Bobojonov
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
30-IYUN
Sapaeva Elmira Matkarimovna
16-Beshariq saylov okrugi
Gulshan mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati va yoshlar bandligini taʼminlash borasidagi ishlar samaradorligini oʻrganish.
Bogʻot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi boʻyicha belgilangan manzilli loyihalarni tahlil qilish.
Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolar, chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi boʻyicha 1074-sonli qonun ijrosi oʻrganiladi.
Masʼul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi M.Quryezov
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
01-IYUL
Matniyozov Poʻlat Yoqubovich
2-Abu Rayhon Beruniy saylov okrugi
Mehnatguli mahallasida sport inshootlari, umumtaʼlim maktablari, sport zallari hamda sport jihozlari bilan taʼminlanganlik holatini oʻrganish.
Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi (676-son) ijrosi yuzasidan monitoring olib borish.
Tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi doirasidagi manzilli loyihalar holatini oʻrganish.
Masʼul: Kengash kotibiyati mudiri M.Bobojonov
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
02-IYUL
Xudayberganova Jamila Xudayberganovna
6-I. Jabborov saylov okrugi
Yuksalish mahallasida soliq inspektori faoliyati va yuklatilgan vazifalar ijrosini oʻrganish.
Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha amaliy takliflar ishlab chiqish.
“Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi 336-sonli hujjat ijrosini oʻrganish.
Tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalari monitoringi.
Masʼul: Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Karimov
━━━━━━━━━━━━━━━━━━
03-IYUL
Jumaniyozov Dilmurod Aminboevich
4-Xorazm saylov okrugi
Mahalla ichki yoʻllari holati, tungi yoritish tizimi va transport harakati xavfsizligini oʻrganish.
Yoʻl-transport hodisalari yuqori kuzatilayotgan hududlarda profilaktik choralarni tahlil qilish.
“Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish toʻgʻrisida”gi 409-sonli qonun ijrosi yuzasidan oʻrganishlar olib borish.
Bogʻot tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish loyihalari monitoringi.
Masʼul: Kengash kotibiyati mudiri M.Bobojonov