Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
#murojaat
#murojaat

Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashi raisi A. Yangiyevga fuqaro Y. Qaxxorov tomonidan shikoyat arizasi taqdim etildi. Mazkur shikoyat arizasi belgilangan tartibda Kogon shahar Kengashi kotibiyati tomonidan qabul qilinib, ro‘yxatga olindi. Ariza amaldagi tartib-qoidalarga muvofiq ko‘rib chiqish va o‘rganish uchun tegishli mas’ul idoralarga yo‘naltirildi.

Kengash raisi tomonidan murojaatni har tomonlama o‘rganish, mavjud holatni aniqlash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. Shuningdek, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqishda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, muammolarni o‘z vaqtida hal etish bo‘yicha nazorat kuchaytirilishi belgilandi.

Mazkur shikoyat arizasining ijrosi belgilangan tartibda nazoratga olindi. Natijalari yuzasidan qo‘shimcha axborot berilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi bilan samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rilmoqda.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram
Instagram
Facebook
Youtube
E-kengash
Slide 1 of 2