Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Deputat 2026-yilgi investitsiya dasturlariga kiritlgan loyihalari boʼyicha oʼrganish oʼtkazdi

✅ Shahar Kengashi deputati Sh.Madalieva va kotibiyat bosh mutaxassisi Z.Mansurov tomonidan 2026-yilgi investitsiya dasturlariga asosan 3-7 yoshdagi bolalarni maktabgacha taʻlim bilan qamrab olish darajasini oshirish boʻyicha shahar maktabgacha va maktab taʼlimi tizimi boʼyicha oʻrganish oʻtkazildi.

✅ 2025-yil yanvar oyi holatiga shahar hududida tug'ilgan 3-7 yoshdagi bolalar soni 20 652 nafarni tashkil etib, 20 921 nafar 3-7 yoshdagi tarbiyalanuvchilarni qamrab olib, 103.3 % ni tashkil etgan bo'lsa 2026 yil yanvar oyi holatiga 3-7 yoshdagi bolalar 22 944 tani (shundan hududda tugʼilganlar 22 257 ) 103.1 % tashkil etgan boʼlsa, iyun oyi boshida ushbu qamrov 23 000 tani tashkil etib, 103.3% 743 ta bolalar qo'shimcha qamrab olingan;

✅ Jumladan, shahardagi 40-DMTT tashkilotida jami 300 oʼringa moʼljalangan bo'lib, 2026-yil yanvar oyida 298 nafar, fevral oyida 304 nafar, mart oyida 257 nafar, aprel oyida 313 nafar, may oyida 313 nafar, iyun oyi esa 316 nafar hududdagi 3-7 yosh tarbiyalanuvchilarni qamrab olgan.

✅ 41-DMTT tashkilotida jami 360 oʼringa moʼljalangan, 2026-yil yanvar oyida 3-7 yoshdagi bolalar 205 tani tashkil etgan boʼlsa, may oyi boshida ushbu qamrov 192 tani tashkil etib, yangi qoʼshimcha xonalar taʼmirlanishi hisobiga avgust oyiga 60 ta 3-7 yoshdagi bolalarni qamrab olish rejelashtirilgan.

✅ 45-DMTT tashkilotida jami 120 oʼringa moʼljalangan, 2026-yil yanvar oyida 3-7 yoshdagi bolalar 114 tani tashkil etgan boʼlsa, iyun oyi boshida ushbu qamrov 119 tani tashkil etadi.

Slide 1 of 6