Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Sariqo‘rg‘on turistik zonasida amalga oshirilayotgan loyihalar o‘rganildi

 📝 Sariqo‘rg‘on master reja asosida sohil bo‘yi turizm markaziga aylantiriladi. Davlatimiz rahbari Farg‘ona viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida turizm yo‘nalishini kengaytirish va sohil bo‘yi maskanlariga sayyohlarni ko‘proq jalb etish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Shu munosabat bilan So‘x daryosi qirg‘og‘ida joylashgan Uchko‘prik tumani Sariqo‘rg‘on qishlog‘ida 78 gektar yer maydonida master reja ishlab chiqilmoqda. Loyiha mualliflariga xalqaro tajriba asosida quyidagi ob’ektlarni loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi: 

Maishiy xizmat shoxobchalari 

Restoranlar va akvapark 

Musiqa fontanlari va avtoturargohlar 

Oynavand kapsula shaklidagi uylar 

Sanatoriy va mehmonxona 

Ot sporti majmuasi va plyajlar 

Dor yo‘llari va baliqchilik ko‘llari 

🔹 Sariqo‘rg‘on sohil bo‘yi hududi kelajakda rivojlangan turizm markaziga aylanishi kutilmoqda. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1