Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Deputatlar yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat xavfsizligi tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanishdilar

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati #jamoat_xavfsizligi

❗️Deputatlar yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat xavfsizligi tizimidagi islohotlar bilan yaqindan tanishdilar

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari hamda Toshkent shahar Kengashi kotibiyati xodimlari tomonidan Toshkent shahrida jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklarning oldini olish hamda yo‘l harakati xavfsizligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rganish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi tizimidagi qator obyektlarga tashrif tashkil etildi.

📍 Dastlab deputatlar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasining Yagona tezkor boshqaruv markazida bo‘lib, markaz faoliyati, zamonaviy raqamli texnologiyalar asosida yo‘lga qo‘yilgan boshqaruv tizimlari hamda poytaxt hududida xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdilar. Deputatlarga yagona dispetcherlik tizimi, videokuzatuv kameralari orqali vaziyatni onlayn monitoring qilish, tezkor xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda favqulodda holatlarga tezkor munosabat bildirish mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

💬 O‘rganishlar davomida deputatlar tomonidan jamoat joylarida, ko‘chalarda, istirohat bog‘larida va ommaviy tadbirlar vaqtida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, profilaktika inspektorlarining aholi bilan ishlash samaradorligi, fuqarolar murojaatlariga xolisona yondashish, ayniqsa bolalar, ayollar va keksalar bilan ishlash amaliyoti hamda videokuzatuv tizimlarining jinoyatchilikning oldini olishdagi o‘rni yuzasidan qator savollar berildi. Mutasaddilar tomonidan ushbu masalalar bo‘yicha batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

📍 Shundan so‘ng deputatlar Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Yo‘l-patrul xizmati brigadasining yangi binosida bo‘ldilar. Bu yerda xodimlarga yaratilgan zamonaviy xizmat sharoitlari, xizmat avtomobillari, maxsus texnik vositalar, Yo‘l harakati xavfsizligi yagona boshqaruv markazi faoliyati hamda yo‘l harakatini monitoring qilish va boshqarish imkoniyatlari bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, Yo‘l-patrul xizmati faoliyati tarixini aks ettiruvchi ichki muzey ko‘zdan kechirilib, tizimda amalga oshirilgan islohotlar va erishilgan natijalar haqida ma’lumot berildi.

🛣 Deputatlar tomonidan poytaxt ko‘chalarida transport va piyodalar oqimini tartibga solish, piyodalar bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini kamaytirish va bartaraf etish, yo‘llardagi mavjud infratuzilma holati, qoidabuzarliklarni aniqlash va oldini olish, shuningdek, o‘lim bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisalarini keskin kamaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan savollar o‘rtaga tashlandi.

📍 Yakuniy manzil Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining Ma’muriy amaliyot markazi bo‘ldi. Bu yerda deputatlar avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali aniqlanayotgan qoidabuzarliklarni rasmiylashtirish jarayonlari, ma’muriy materiallarga ishlov berish tizimi, radarlar orqali kelib tushayotgan ma’lumotlarni qayta ishlash tartibi hamda jarima ballari tizimining amaliyotdagi qo‘llanilishi bilan tanishdilar.

🔍 O‘rganishlar davomida deputatlar ichki ishlar organlari faoliyatini yanada raqamlashtirish, inson omilini qisqartirish, ma’muriy amaliyotda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish hamda yo‘l harakati xavfsizligi tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarni yo‘llab, mutasaddilar bilan atroflicha fikr almashdilar.

🤝 Yakunda yo‘l harakati xavfsizligi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflar muhokama qilinib, deputatlik nazoratini yanada kuchaytirish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10