Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
#sessiya #Kengash_qarori 🛣 Qoraqo‘yli mahallasida ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining 2026-yil 3-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 665-sonli qaroriga muvofiq, Ishtixon tumani Obodonlashtirish boshqarmasi tasarrufidagi ichki yo‘llarni saqlash va joriy ta’mirlash ishlari bo‘yicha 2026-yil uchun dastlabki manzilli ro‘yxatini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-22-54-7-95-K/26-sonli qaroriga asosan Qoraqo‘yli mahallasidagi ichki yo‘llarda joriy ta’mirlash ishlari olib borilishi belgilandi.

Mazkur ishlar mahalla infratuzilmasini yaxshilash, transport qatnovi uchun qulay sharoit yaratish hamda fuqarolarning kundalik harakatlanish xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

📍 Ta’mirlash ishlari quyidagi ko‘chada amalga oshiriladi:

🔹 Qoraqo‘yli–Navro‘z ko‘chasi – 1 193 m²

📊 Natijada Qoraqo‘yli mahallasida jami 1 193 m² ichki yo‘llarda joriy ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

✅ Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish hamda mahallalarni obod qilishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegramm | Web-sayt | Facebook | Instagram

Slide 1 of 1