Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
📅 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHI

🏛 Hududlarda o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi (2026-yil 22–26-iyun)
📌 22-IYUN | DUSHANBA
Deputat: Qo‘shnazarov Dilmurod Dilshod o‘g‘li
Manzil: Madaniyat, Ijtimoiyat, Po‘lat va Chig‘atoy mahallalari
Amalga oshiriladigan ishlar:
🗣 Aholi bilan sayyor qabul o‘tkazish va murojaatlarni o‘rganish.
📈 Saylov okrugi hududidagi mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini manzilli o‘rganish.
👤 Mas’ul: Kotibiyat mudiri I. Masharipov
📌 23-IYUN | SESHANBA
Deputat: Yo‘ldoshova Oyimjon Qurvonnozarovna
Amalga oshiriladigan ishlar:
🏛 Hududdagi madaniyat muassasalari, muzeylar va kutubxonalar faoliyati hamda holatini o‘rganish.
📜 Qonun ijrosi monitoringi: O‘RQ-668-son “Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to‘g‘risida”gi Qonun.
📈 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini manzilli o‘rganish.
👤 Mas’ul: Kotibiyat mudiri I.Masharipov
📌 24-IYUN | CHORSHANBA
Deputat: Shodonova Dilorom Qadamovna
Amalga oshiriladigan ishlar:
🏗 Hududdagi investitsiya loyihalari va davlat dasturlari ijrosi holatini o‘rganish.
📜 Qonun ijrosi monitoringi:
O‘RQ-263-son “Voyaga yetmaganlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun.
O‘RQ-532-son “Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar ustidan ma’muriy nazorat to‘g‘risida”gi Qonun.
📈 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini manzilli o‘rganish.
👤 Mas’ul: Kotibiyat mudiri I.Masharipov
📌 25-IYUN | PAYSHANBA
Deputat: Dushamov Elyor Shuxrat o‘g‘li
Amalga oshiriladigan ishlar:
🚨 "Qizil" va "sariq" toifadagi mahallalarda jinoyatchilikka qarshi kurashish va uni kamaytirish bo‘yicha ishlarni o‘rganish.
📜 Qonun ijrosi monitoringi: O‘RQ-371-son “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonun.
📈 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini manzilli o‘rganish.
👤 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov
📌 26-IYUN | JUMA
Deputat: Qalandarov Azamat Shermetovich
Amalga oshiriladigan ishlar:
🛣 Mahalla ichki ko‘chalari holati, tungi yoritish, tirbandliklar va YTHlarni kamaytirish chora-tadbirlarini o‘rganish.
📜 Qonun ijrosi monitoringi: O‘RQ-415-son “Keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining boshqa ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to‘g‘risida”gi Qonun.
📈 Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini manzilli o‘rganish.
👤 Mas’ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Ruzmetov