Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova tomonidan “Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida Cho‘lobod mahallasida joylashgan 5-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif buyurildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida olib borilgan xonadonbay o‘rganish ishlari davomida To‘rttol mahallasi, Ona yer ko‘chasi, 9-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurov Odiljonning murojaati joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilovlar tomonidan saylov okrugida aholi bilan bevosita muloqot qilish, ularning murojaatlari va muammolarini o‘rganish maqsadida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova tomonidan o‘ziga biriktirilgan To‘rttol mahallasi hududida tuman Kengashi deputati U.Achilov bilan birgalikda aholini qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish, maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI

#162_ta_qonun

📌 QONUN VA DEPUTAT FAOLIYATI

🛣 “Avtomobil yo‘llari to‘g‘risida”gi Qonun 2007-yil 2-oktabrda qabul qilingan bo‘lib, avtomobil yo‘llarini loyihalash, qurish, ta’mirlash, saqlash va ulardan foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Mazkur qonun yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda transport qatnovi uchun qulay sharoitlar yaratishga xizmat qiladi.

🏛 Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari mazkur sohada davlat dasturlari va qonunchilik hujjatlari ijrosini nazorat qiladi, fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining murojaatlarini o‘rganadi hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlaydi.

📈 Mazkur qonunning samarali ijrosi zamonaviy yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish, hududlar o‘rtasidagi transport aloqalarini yaxshilash va aholi uchun qulay harakatlanish sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.