Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 21-Samarqand saylov okrugi deputati T.To‘ychiboyev tomonidan Saidobod mahalla fuqarolar yig‘inida davlat-xususiy sheriklik asosida qurilishi rejalashtirilgan, biroq bir necha yildan buyon qurilish ishlari to‘xtab qolgan madaniyat uyi obyektining holati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mazkur obyektning foydalanishga topshirilmagani mahalladagi yoshlarni madaniyat va san’at to‘garaklariga keng jalb etish imkoniyatlarini cheklab kelayotgani qayd etildi.
Aniqlangan holat yuzasidan madaniyat uyi qurilishining bugungi holati, amalga oshirilgan ishlar hamda qurilishning yakunlanish muddatlari bo‘yicha tuman Madaniyat bo‘limidan tegishli tushuntirish olish maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi.