Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
🏛 XALQ DEPUTATLARI SHOVOT TUMANI KENGASHINING QARORI

📄 Qaror raqami: VII-26-61-12-177-K/26
📅 Sana: 2026-yil 10-iyun
👤 Kengash raisi: Jamolbek Jumabayevich Babajanov
📍 Hudud: Shovot tumani, Qunduz mahallasi
🌳 QUNDUZ MAHALLASIDA "YASHIL BOGʻ" BARPO ETISH
🗳 Loyiha asosi: Jamoatchilik fikri asosidagi "Mening bogʻim" loyihasi doirasida "Ochiq budjet" (Open Budget) portalida gʻolib boʻlgan (ID: 054475419012).
📐 Maydoni: 0,15 gektar yer maydoni. Yer ajratish masalasi viloyat hokimligidan soʻralishi belgilangan.
💰 Moliyalashtirish: Mahalliy budjetning qoʻshimcha mablagʻlari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan.
🛠 AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLAR VA MAS'ULLAR
💧 Sugʻorish tizimi: Tanlangan yer maydonida nasos, skvajina, hovuz, suv minorasi oʻrnatish hamda ariq tortish ishlarini joriy etish (Mas'ullar: R.Ruzimov, B.Boyjanov, Z.Roʻzmetov, L.Quromboyev, J.Iskandarov).
🌱 Tuproq sharoitini oʻrganish: Yerning shoʻrxokligi, eroziyaga uchraganligi ва унумдорлигини ўрганиб, лойиҳалаш ташкилотига тақдим этиш.
🛡 Daraxtlar muhofazasi: Bogʻ hududidagi har bir daraxtning shikastlanishi yoki nobud qilinishi uchun javobgarlikni kuchaytirish ва жамоатчилик назоратини ўрнатиш (Mas'ul: Ekopolitsiya boshligʻi L.Quromboyev).
🔎 Ijro nazorati: Tuman Kengashining agrar, suv xoʻjaligi va ekologiya masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi O.Sadullayev zimmasiga yuklatilgan.
📌 Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Web-sayt | Facebook | You tube