🤝 SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
📌 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 19-Sherobod saylov okrugidan saylangan deputati A.Choriyev tomonidan saylov okrugida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
🗣 Uchrashuv davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolar, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim, kommunal xizmatlar va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar tinglandi.
📝 Saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar qayd etilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish hamda mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborish masalalari muhokama qilindi.
✅ Uchrashuv yakunida murojaatlarni belgilangan tartibda o‘rganish va ijrosini nazoratga olish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.