Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi deputati O‘.Axmedov Fayziobod mahallasi fuqarolar yig‘ini binosida amalga oshirilayotgan joriy ta’mirlash ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova Ulug‘nor tumanida joylashgan bolalar dam olish oromgohida bo‘lib, yozgi mavsum davomida bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda dam olish jarayoni bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili
“Mahalla yettiligi” bilan hamkorlik – hududiy muammolar yechimining muhim omili

🏛 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva hamda kotibiyat bosh mutaxassislari tomonidan Olmazor tumanidagi "G‘alaba" mahallasida “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashuv tashkil etildi. Muloqot davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi murojaatlarini tizimli hal etish hamda mahalladagi dolzarb masalalarni manzilli bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

⚡️Unda dastlab O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori — “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati atroflicha ko‘rib chiqildi. Mazkur qaror asosida “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimini amaliyotda samarali yo‘lga qo‘yish, hududlardagi muammolarni aniqlash, ularni sessiyalar kun tartibiga olib chiqish va ijrosini qat’iy nazorat qilish mexanizmlariga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Uchrashuv davomida "G‘alaba" mahallasidagi infratuzilma, aholi bandligi, yoshlar masalalari, ijtimoiy xizmatlar sifati, obodonlashtirish, ichki yo‘llar holati hamda fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar “mahalla yettiligi” a’zolari ishtirokida batafsil muhokama qilindi. Har bir yo‘nalish bo‘yicha mavjud vaziyat tahlil qilinib, muammolarni hal etishda deputatlik nazorati, jamoatchilik ishtiroki va mutasaddi tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

📝 Suhbat jarayonida “G‘alaba” MFY raisi A.Shamatov tomonidan 80 kvadrat metrli futbol maydonchasini ta’mirlash, jumladan himoya setkasini yangilash zarurligi bildirildi. Shuningdek, ayrim manzillarda BSK va “Maxsustrans” faoliyati bilan bog‘liq masalalar borligi qayd etildi.

🤝 Shuningdek, mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyatini yanada takomillashtirish, “mahalla yettiligi”ning joylardagi tashabbuskorligini qo‘llab-quvvatlash, aholi bilan muloqotni kuchaytirish hamda hududdagi masalalarni bosqichma-bosqich yechishga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

🔺 Yakunda qayd etilganidek, mahalliy Kengashlar, senatorlar va “mahalla yettiligi” o‘rtasidagi uzviy hamkorlikni mustahkamlash orqali hududlarni kompleks rivojlantirish, fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni manzilli hal etish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Slide 1 of 8