Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasi hududida qurilishi rejalashtirilgan briket ko‘mir ishlab chiqarish korxonasi uchun ajratilgan yer maydonida bo‘lib, loyihaning amalga oshirilish jarayonlari bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Xamidov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassislari J.Axmadaliyev hamda G.Abduvositovalar Mingchinor mahallasidagi 17-maktabgacha ta’lim tashkilotida bo‘lib, muassasaning faoliyati, tarbiya-o‘quv jarayoni va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati N.Nishonov 5-umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasida olib borilayotgan ta’mirlash ishlari hamda “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Alimov o‘z saylov okrugida aholini uzluksiz va sifatli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida amalga oshirilayotgan elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari bilan yaqindan tanishdi.
“Turizm to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bo‘yicha savolnoma.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, № O‘RQ-549, qabul qilingan sana — 2019-yil 18-iyul.


1. “Turizm to‘g‘risida”gi Qonunning asosiy maqsadi nimadan iborat?


2. Turizm tushunchasi nimani anglatadi?


3. Turizm sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari nimalardan iborat?


4. Turizm faoliyati subyektlari kimlar hisoblanadi?


5. Turistik xizmatlar tushunchasi nimani anglatadi?


6. Turist deb kim e’tirof etiladi?


7. Ekskursant tushunchasi nimani anglatadi?


8. Turoperator va турагент faoliyati o‘rtasidagi farq nimada?


9. Turizm xizmatlarini ko‘rsatishda qanday talablar belgilangan?


10. Turistlarning huquqlari nimalardan iborat?


11. Turistlarning majburiyatlari nimalardan iborat?


12. Turizm sohasi subyektlarining huquq va majburiyatlari qanday belgilanadi?


13. Turistlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qanday choralar ko‘riladi?


14. Turizm infratuzilmasi tushunchasi nimani anglatadi?


15. Ichki turizmni rivojlantirish bo‘yicha qanday chora-tadbirlar nazarda tutilgan?


16. Kirish va chiqish turizmi qanday tartibga solinadi?


17. Turizm sohasida standartlashtirish va sertifikatlashtirish qanday amalga oshiriladi?


18. Turizm sohasida davlat nazorati qaysi organlar tomonidan amalga oshiriladi?


19. Turistik xizmatlar sifati qanday baholanadi?


20. Turizm sohasida investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha qanday imkoniyatlar mavjud?


21. Turizm faoliyati bilan bog‘liq nizolar qanday tartibda hal etiladi?


22. Turizm to‘g‘risidagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun qanday javobgarlik choralari nazarda tutilgan?


23. Turizm sohasida xalqaro hamkorlik qanday amalga oshiriladi?


24. Mazkur Qonunning mamlakat iqtisodiyoti va turizm salohiyatini rivojlantirishdagi ahamiyati nimada?


25. O‘zbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha qanday takliflarni bildirasiz?


Savolnoma maqsadi:

“Turizm to‘g‘risida”gi Qonun normalarining mazmun-mohiyatini o‘rganish, turizm sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, turistlar va turizm faoliyati subyektlarining huquq hamda manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, mamlakatning turizm salohiyatini rivojlantirishga ko‘maklashish.

Slide 1 of 1