Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G. Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U. Achilovlar To‘rttol mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar hamda “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati U.Achilovlar To‘rttol mahallasida bo‘lib, aholi bilan uyma-uy yurish orqali ochiq muloqotlar o‘tkazdilar.
Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Unda shahar infratuzilmasini rivojlantirish, ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash hamda inflyatsiyani jilovlashga qaratilgan muhim masalalar muhokama qilindi.

Majlisga doimiy komissiya raisi E.Yunusov raislik qildi. Yig‘ilishda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari hamda ekspert-maslahat guruhi vakillari ishtirok etdilar.
Kun tartibidagi birinchi masalada O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-sonli qarori ijrosi doirasida shahardagi ichki yo‘llarni ta’mirlash va saqlash ishlari muhokama qilindi. Ta’kidlanganidek, mazkur ishlar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi hamda buning uchun manzilli ro‘yxatlar shakllantirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar orqali mahallalardagi ichki yo‘llarning holatini yaxshilash, aholiga qulay infratuzilma yaratish maqsad qilingan.

Ikkinchi masala esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 31-martdagi “Ichki iste’mol bozorida narxlar barqarorligini saqlash va inflyatsiyani belgilangan prognoz darajasida ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 128-sonli qarori ijrosiga bag‘ishlandi.
Mazkur qarorga muvofiq, 2026-yilda inflyatsiya darajasini 6,5 foizdan oshirmaslik, keyingi yillarda esa uni 5 foiz atrofida barqaror saqlash vazifasi belgilangan. Shu maqsadda Marg‘ilon shahrida maxsus “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqilgan bo‘lib, unda ichki bozorda asosiy iste’mol tovarlari uzluksizligini ta’minlash, mahalliy ishlab chiqarishni kengaytirish, import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar hajmini oshirish, savdo va logistika tizimidagi ortiqcha vositachilikni qisqartirish kabi qator ustuvor yo‘nalishlar belgilab olindi.

Shuningdek, mavsumiy mahsulotlar narxlarining keskin oshib ketishini oldini olish maqsadida zaxira mexanizmlarini joriy etish, ijtimoiy ahamiyatga ega mahsulotlar narxlarini muntazam monitoring qilish hamda raqobat muhitini rivojlantirish orqali bozordagi asossiz narx oshishlarini kamaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Muhokama davomida “Yo‘l xaritasi”da har bir vazifa bo‘yicha aniq ijrochilar, amalga oshirish muddatlari va kutilayotgan natijalar belgilab olingani ta’kidlandi. Ushbu chora-tadbirlar shaharda inflyatsiya darajasini samarali nazorat qilish, aholining real daromadlarini himoya qilish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi qayd etildi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiya tomonidan har ikki masalani xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Slide 1 of 8