Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Sessiyaoldi o‘rganish doirasida Infratuzilma va barqarorlik jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi
янв.21
Fazogir mahallasida deputat tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Deputat Nurobod mahallasidagi yo‘l-ta’mirlash ishlari bilan tanishdi
янв.21
Deputat yo‘llarni ta’mirlash ishlarining borishi bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G‘.Mirzayev o‘zi saylangan hududdagi Guliston mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan hamda bemorligi bor oilalar holidan xabar oldi. Mazkur tashrif davomida deputat xonadon egalari bilan samimiy suhbat qurib, ularning kundalik turmush tarzi, yashash sharoitlari va ularni qiynayotgan muammolarni yaqindan o‘rgandi. Xalq vakili tomonidan mazkur oilalarga kundalik ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari to‘plami topshirildi.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda Xalq deputatlari Ulug‘nor tuman Kengashi deputati U.Achilovlar Katta Andijon kanali ustida barpo etilgan, Ulug‘nor va Baliqchi tumanlarini o‘zaro bog‘lovchi yangi ko‘prikda bo‘lib, uning bugungi faoliyati va aholi uchun yaratilgan qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-fevral kungi “2026-yilda hududlarni yangicha yondoshuvlar asosida rivojalantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-49-sonli qarori ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan piyodalar yo‘lakchasining qurilish ishlari o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi J.Axmadaliyev xizmat safari doirasida Fazogir mahallasida bo‘lib, mahallada olib borilayotgan ishlar, aholiga yaratilayotgan shart-sharoitlar hamda mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi G.Abduvositova hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari U.Achilovlar tomonidan aholining qo‘shimcha daromad manbalarini o‘rganish, tomorqadan samarali foydalanish hamda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov tomonidan Mingbuloq mahallasida aholi uchun qulay va xavfsiz infratuzilmani shakllantirish maqsadida amalga oshirilgan obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
TUMANDA SPORTNI RIVOJLANTIRISH BORASIDAGI ISHLAR OʻRGANILDI

Xalq deputatlari Vobkent tumani Kengashi deputati M. Xayrulloyev tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Ismatov bilan hamkorlikda tumanda sport sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. O‘rganishlar doirasida Vobkent tumani sport maktabi faoliyati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganishlar natijasida ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda “Besh tashabbus olimpiadasi” sport musobaqalarida 2025-yil davomida 14 ta sport turi bo‘yicha 7 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 47 ming 327 nafar yoshlar, ya’ni jami yoshlarning 84 foizi qamrab olingan. Musobaqalar yakunlariga ko‘ra, tuman jamoasi 13 ta medalni qo‘lga kiritib (7 ta oltin, 1 ta kumush, 5 ta bronza), viloyatda faxrli 2-o‘rinni egallagan.

Shuningdek, respublika bosqichida Vobkent tumanidan 6 nafar sportchi ishtirok etib, ulardan biri faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan.

Adaptiv sport turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalarda tumandan 243 nafar nogironligi bo‘lgan shaxs ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, ulardan 234 nafari, ya’ni 96 foizi faol ishtirok etgan.

Ayni paytda tuman sport maktabida 2 ming 238 nafar yoshlar muntazam shug‘ullanib kelmoqda hamda 69 nafar trenerlar faoliyat olib bormoqda.

2025-yil davomida o‘tkazilgan kompleks sport musobaqalarida Vobkentlik sportchilar tomonidan jami 41 ta medal (12 ta oltin, 14 ta kumush va 15 ta bronza) qo‘lga kiritilgan.

2026-yilning birinchi choragi davomida esa sport maktabiga qo‘shimcha 125 nafar iqtidorli yoshlar qabul qilinib, muntazam shug‘ullanuvchilar soni 5,5 foizga oshirilgan.

Xususan, chim ustida xokkey bo‘limiga 36 nafar, shaxmatga 12 nafar, badiiy gimnastikaga 32 nafar, Turon yakkakurashiga 16 nafar, adaptiv sport turlariga 5 nafar hamda voleybolga 24 nafar iqtidorli yoshlar jalb etilgan.

O‘rganish yakunida tumanda sportni yanada rivojlantirish, yoshlarni sportga keng jalb etish va mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. 

Slide 1 of 17