Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida joylashgan 9-umumta’lim maktabining sport zali faoliyati bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 97-sessiyasi oldidan Masalhat Kengashining yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Xalq deputatlari Samarqand viloyat Kengashining 97-sessiyasi oldidan Masalahat Kengashining yig'ilishi 26-mart kuni bo'lib o'tdi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan quyidagi masalalar muhokama etildi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi “O‘zbekiston
Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish
dasturi hamda boshqa davlat dasturlari ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirishga
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-43-son qarorining ijrosi
yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, 3-sektor
rahbari R.Mamatovning hisoboti;
 

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasining ijrosi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi viloyat
boshqarmasi boshlig‘i K.Shermatovning hisoboti;
 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 12-iyuldagi “2022-2026-yillar davomida
amalga oshirilishi mo‘ljallangan “Xavfsiz va ravon yo‘l” umummilliy dasturini
tasdiqlash to‘g‘risida” PQ-316-son qarorning viloyatdagi ijrosi yuzasidan
Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi boshlig‘i A.Urakovning
hisoboti;
 

jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkasini olib qo‘yish bo‘yicha taqdimot
materiallarini ko‘rib chiqish va mulkdorlar bilan ochiq muhokama o‘tkazishga
ruxsat berish to‘g‘risida;
 

xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi tomonidan viloyat huquqni muhofaza
qiluvchi organlar rahbarlari hisobotlarini eshitish tartibini tasdiqlash
to‘g‘risida;
 

Samarqand viloyati Urgut tumani Nisbot mahallasi, Kattaqo‘rg‘on tumani
Jumaboy mahallasi, Qo‘shrabot tumani Chorloq mahallasi, Ishtixon
tumani Ko‘tarma mahallasi, Oqdaryo tumani Yangiqo‘rg‘on mahallasi,
Toyloq tumani Jumabozor mahallasi va Paxtachi tumani
Hunarmand mahallalarining bosh rejalarini va unga tutash mahallalarning
shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini tasdiqlash to‘g‘risida;
 

Samarqand viloyati Prokuraturasining 2024-yil 16-fevraldagi 15/24-527-sonli
taqdimnomasini ko‘rib chiqish to‘g‘risida.
  

Slide 1 of 3