Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Mingbuloq mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati X.Atajonova Ulug‘bek mahallasida faoliyat olib borayotgan “Shirmonoy” nomli oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kasbim — faxrim” tadbirida ishtirok etdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati U.Achilov tuman hokimi o‘rinbosari B.Qo‘ziyev bilan birgalikda To‘rttol mahallasida qurilishi boshlangan angar tipidagi tikuvchilik korxonasida olib borilayotgan dastlabki qurilish ishlari bilan tanishdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Z.Isroilov Sariq-suv mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Soliyeva Fazogir mahallasida joylashgan Dehqonobod oilaviy shifokorlik punktida bo‘lib, muassasaning aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish holatini o‘rgandi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov, tuman Kengashi deputati U.Achilov, tuman hokimining o‘rinbosarlari A.Turg‘unov hamda B.Qo‘ziyevlar To‘rttol mahallasida qurilishi rejalashtirilgan Angar uslubidagi tikuvchilik korxonasi loyihasi bilan tanishdilar.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi X.Raximov Mingbuloq mahallasiga tashrif buyurib, yoshlar bilan uchrashdi hamda ularni qiynayotgan muammo va takliflarni o‘rgandi.
янв.21
Hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati B.Avliyoqulov Yoshlar maslahat guruhi a’zolari bilan uchrashib, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish masalalari yuzasidan fikr almashdi.
Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki

Bugun erta tongdan tumanimizning barcha mahallalarida “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida umumxalq hashari boshlab yuborildi.

- “Obod va fayzli mahalla – yurt koʻrki” shiori ostida oʻtkaziladigan xayriya hashari, Ramazon oyini munosib tarzda oʻtkazish, shuningdek, Navroʻz umumxalq bayrami arafasida koʻcha va mahallalar, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar hamda bolalar maydonchalarini obodonlashtirish, sogʻlom turmush tarzi, sanitariya-gigiyenik madaniyatni targʻib qilish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etilmoqda.

- Ayni damda mahallalarda, qabristonlarda, katta yoʻl boʻylarida keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari tashkil qilinib, daraxtlar oqlanmoqda, ortiqcha shox-shabbalar kesilib, atrof va ariq-zovurlar turli chiqindilardan tozalanmoqda.

- Hududlarda keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirilib, mahallalardagi nuroniy onaxonlar boshchiligida bahoriy taomlar tayyorlanib, sumalak sayli tashkil qilinmoqda.

Slide 1 of 7