Yangiliklar

Kengashlar

Du
Se
Cho
Pa
Ju
Sha
Yak
07 октябр 2026

UCHTEPA TUMANIDAGI RAQAMLI VAZIYATLAR MARKAZ FAOLIYATI O‘RGANILDI

imgToshkent shahrida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, shahar va tuman miqyosidagi kommunal, ijtimoiy hamda boshqa sohalardagi jarayonlarni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida monitoring qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Uchtepa tumanidagi Raqamli vaziyatlar markaz faoliyati o‘rganildi.

DEPUTATLIK SO‘ROVLARINING SAMARADORLIGI VA NATIJADORLIGI MUHOKAMA QILINDI

imgXalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan navbatdagi muhim masala muhokama qilindi.

TALABALAR TURAR JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

imgXalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "7-Beshqayrag‘och" saylov okrugi deputati Ziyoda Xaydarova hamda "11-Taqachi" saylov okrugi deputati Saodat Dustmuxamedova tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tasarrufidagi talabalar turar joylarida yaratilgan sharoitlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

MAKTAB OSHXONALARIDA OVQATLANISH SIFATI VA SANITARIYA HOLATI O‘RGANILDI

imgXalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi tomonidan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quvchilar uchun sog‘lom va xavfsiz ovqatlanish sharoitlarini ta’minlash yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

TALABA QIZLAR BILAN MAZMUNLI OCHIQ MULOQOT O‘TKAZILDI

imgXalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining "7-Beshqayrag‘och" saylov okrugi deputati Ziyoda Xaydarova hamda 11-Taqachi saylov okrugi deputati Saodat Dusmuxamedova tomonidan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil olayotgan talaba qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

XURSHID MAHALLASIDA “MAHALLA YETTILIGI” FAOLIYATI YUZASIDAN TUSHUNTIRISH ISHLARI OLIB BORILDI

imgXalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov o‘zi saylangan 23-saylov okrugiga qarashli “Xurshid” mahallasida “Mahalla yettiligi” vakillari va mahalla faollari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov ham ishtirok etdi.

Taqachi mahallasida yakuniga yetkazilmagan yo‘l qoplamasi masalasi o‘rganildi

imgXalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati tomonidan hududlarda olib borilayotgan deputatlik nazorati doirasida Taqachi mahallasi Zulfizar ko‘chasining 123-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi oldidan o‘tgan qismidagi yo‘l qoplamasi holati o‘rganildi.

123-SONLI MAKTABDA AMALGA OSHIRILISHI REJALASHTIRILGAN TA’MIRLASH ISHLARI DASTLABKI TARZDA O‘RGANILDI

imgXalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 15-sentabrdagi III-34-88-14-202-K/26-son qarori asosida tashabbusli byudjet jarayonining 2026-yil II mavsumida “Ochiq byudjet” axborot portali orqali ovoz berish yakunlariga ko‘ra g‘olib deb topilgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlar nazoratga olinmoqda.

KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH VA BANDLIK MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

imgXalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishida navbatdagi muhim masala ko‘rib chiqildi.

123-SONLI MAKTABDA INKLYUZIV TA’LIM UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI

imgXalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 20-iyuldagi III-31-62-14-202-K/26-son qarori asosida tumandagi nogironligi bo‘lgan bolalarni ta’limga jalb qilish va ular uchun munosib sharoit yaratish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish maqsadida 123-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida deputatlik nazorati doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.