TERMIZ MAHALLASIDA IJTIMOIY XIZMATLAR KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov tomonidan 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva saylangan Termiz mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 5-bandi ijrosi yuzasidan o‘rganish olib borildi.
O‘rganish davomida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlariga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati va manzilliligi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar hamda moddiy yordamlarni tayinlash va to‘lash jarayonlari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash va ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Maqsad — ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash va ularga sifatli, manzilli xizmatlar ko‘rsatilishini ta’minlash!