JO‘YJANGAL MAHALLASIDA HOKIM YORDAMCHISI VA MFY RAISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
Mahalla taraqqiyoti — aholi farovonligi va samarali hamkorlikdan boshlanadi!
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi kotibiyati mudiri A. Avliyakulov hamda 14-Surxon saylov okrugi deputati J. Taxchiyeva tomonidan Jo‘yjangal mahallasida “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 4-bandi ijrosi yuzasidan hokim yordamchisi va mahalla fuqarolar yig‘ini raisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, oilalar daromadini oshirish hamda aholini daromadli mehnat bilan band qilish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, mahalladagi mavjud muammolarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida bartaraf etish, aholining turmush sharoitini yaxshilash hamda davlat dasturlari ijrosini samarali tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va mahallada olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Asosiy maqsad — aholi farovonligini yuksaltirish, bandlikni ta’minlash va Jo‘yjangal mahallasini yanada obod qilish!