Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
238-SONLI MAKTABDA FUTBOL MAYDONI QURILIŞI JARAYONI ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA SUN’IY KÖL VA DAM OLIŞ MASKANI BARPO ETILMOQDA
янв.21
MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANIDA PIYODALAR YÖLAKLARI VA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANDA ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI OÇILDI
янв.21
MAHZUNA KÖÇASIDA SUV TÖPLANIŞI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH VA XOTIN-QIZLAR BILAN MANZILLI ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

OILAVIY AJRIMLARNING OLDINI OLISH VA XOTIN-QIZLAR BILAN MANZILLI ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Termiz tuman Kengashi deputati K. Abdullayeva tomonidan “Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar”ning 6-bandi ijrosi yuzasidan tuman ayollari ishtirokida “Oilaviy ajrimlarning oldini olishda oilada ayolning o‘rni” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida oilaviy munosabatlarda o‘zaro hurmat va ishonchni mustahkamlash, er-xotin o‘rtasida sog‘lom muloqotni yo‘lga qo‘yish, farzandlar tarbiyasida ota-onaning mas’uliyati hamda oilaviy kelishmovchiliklarni tinch yo‘l bilan hal etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, oilada ayolning o‘rni, uning oila tinchligi va farovonligini ta’minlashdagi ahamiyati, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash hamda ajrimlarning oldini olishda mahalla va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Davra suhbatida mahallalarda xotin-qizlar faollari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligiga ham alohida e’tibor qaratildi. Xususan, oilaviy nizolarni barvaqt aniqlash, nizoli vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan manzilli ishlash, xotin-qizlarning murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va ularga amaliy ko‘mak ko‘rsatish borasidagi faoliyatni takomillashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Tadbir yakunida oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni shakllantirish, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash hamda ushbu yo‘nalishda mahalla va jamoatchilik hamkorligini izchil davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 5