Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
238-SONLI MAKTABDA FUTBOL MAYDONI QURILIŞI JARAYONI ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA SUN’IY KÖL VA DAM OLIŞ MASKANI BARPO ETILMOQDA
янв.21
MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANIDA PIYODALAR YÖLAKLARI VA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANDA ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI OÇILDI
янв.21
MAHZUNA KÖÇASIDA SUV TÖPLANIŞI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI

DEPUTATLAR VA AHOLI UCHRASHUVI
Aholi bilan ochiq muloqot — mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimiga erishishning muhim omili!
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash doirasida hududlarda aholi bilan muloqotlar va muammolarni manzilli o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
🇺🇿 Mazkur qaror ijrosi doirasida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-“Istiqbol” saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna tomonidan o‘zi saylangan saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
📌 Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida o'tgan 9 oy mobaynida amalga oshirilgan ishlar, mavjud muammolar hamda kelgusidagi rejalar yuzasidan fikr almashildi.
📌 Jumladan, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, ichki yo‘llarni ta’mirlash, infratuzilmani yaxshilash, ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotiga oid masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, ijtimoiy soha obyektlari faoliyatini yaxshilash va aholi murojaatlari asosida aniqlangan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
👌 Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan mahalladagi dolzarb masalalar, xususan, infratuzilma, kommunal xizmatlar sifati va ijtimoiy muammolar atroflicha muhokama qilindi. Bildirilgan taklif va murojaatlar e’tiborga olinib, har bir masala yuzasidan tegishli chora-tadbirlar rejasi shakllantirildi.
📌 Aholi bilan muntazam muloqot qilish, fuqarolarni qiynayotgan masalalarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish deputat faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi aholi murojaatlari bilan ishlash, hududlarni rivojlantirish va “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 4