Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
238-SONLI MAKTABDA FUTBOL MAYDONI QURILIŞI JARAYONI ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA SUN’IY KÖL VA DAM OLIŞ MASKANI BARPO ETILMOQDA
янв.21
MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANIDA PIYODALAR YÖLAKLARI VA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANDA ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI OÇILDI
янв.21
MAHZUNA KÖÇASIDA SUV TÖPLANIŞI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
SHODLIK MAHALLASIDA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi deputati A. Kenjayev Shodlik mahallasida mahalla faoli, nuroniy oqsoqol Mavlonov Xudoyberdi bobo bilan uchrashib, mahallada obodonlashtirish ishlarining borishi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar holatini muhokama qildi.

Muloqot davomida hududni obod saqlash, ko‘cha va umumiy foydalanish joylarining tozaligiga e’tibor qaratish, aholi o‘rtasida obodonlashtirish ishlarida hamjihatlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Mahalla muhitini yaxshilash nafaqat hudud ko‘rkini oshirishi, balki fuqarolarda umumiy mulkka egalik hissini kuchaytirishi ham ta’kidlandi.

Uchrashuvda aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini yaxshilash, ehtiyojmand oilalarni manzilli qo‘llab-quvvatlash, ishsiz fuqarolarni bandlikka yo‘naltirish hamda xonadonlarning daromad manbalarini kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Kambag‘allikni qisqartirishda har bir oilaning imkoniyati va ehtiyojidan kelib chiqib ish olib borish, fuqarolarni kasb-hunarga o‘rgatish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud dasturlar imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhimligi qayd etildi.

Shuningdek, mahalla faollari va nuroniylarning hayotiy tajribasi, tavsiya va takliflari hududdagi muammolarni aniqlash hamda ularning yechimlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi.

Deputat A. Kenjayev mahalladagi mavjud masalalarni doimiy e’tiborda tutish, tegishli tashkilotlar va mahalla faollari bilan hamkorlikda ish olib borish, aholini kambag‘allikdan chiqarish hamda hudud obodonligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirish muhimligini qayd etdi.

Asosiy maqsad — Shodlik mahallasida yashash sharoitlarini yaxshilash, aholining daromadlarini oshirishga ko‘maklashish va har bir xonadon farovonligiga xizmat qiladigan amaliy ishlarni izchil davom ettirishdan iborat.

Slide 1 of 1