Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi
янв.21
238-SONLI MAKTABDA FUTBOL MAYDONI QURILIŞI JARAYONI ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYIŞTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI BÖLIMI FAOLIYATI ÖRGANILDI
янв.21
QÖRĞONTEPA MAHALLASIDA SUN’IY KÖL VA DAM OLIŞ MASKANI BARPO ETILMOQDA
янв.21
MAHALLALARDA QULAY INFRATUZILMA YARATIŞ IŞLARI DEPUTATLIK NAZORATIDA
янв.21
KUZ-QIŞ MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI DEPUTATLIK NAZORATI TARTIBIDA ÖRGANILDI
янв.21
UÇTEPA TUMANIDA PIYODALAR YÖLAKLARI VA OBODONLAŞTIRIŞ IŞLARI ÖRGANILDI
янв.21
TUMANDA ILK RIVOJLANIŞ MARKAZI OÇILDI
янв.21
MAHZUNA KÖÇASIDA SUV TÖPLANIŞI MUAMMOSI DEPUTAT NAZORATIGA OLINDI
янв.21
OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARI SIFATI VA XAVFSIZLIGI YUZASIDAN ÖRGANIŞ IŞLARI OLIB BORILDI
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ–49-son qarori hamda Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-22-24-9-123-K/26-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Navbahor mahallasida tomorqa yerlarini sug‘orish tizimini yaxshilashga qaratilgan loyihalar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

O‘rganish ishlari Kengash kotibiyati mudiri X.Berdiyarova boshchiligida, doimiy komissiya raisi X.Shayimova, Navbahor mahallasi hududi deputati J.Raxmonqulov hamda kotibiyat bosh mutaxassislari A.Sharopov va Sh.Suvankulovlar ishtirokida tashkil etildi.

📍 Navbahor mahallasida amalga oshirilayotgan loyihalar
Dastur doirasida mahalladagi 90 ta xonadonning 50 gektar tomorqa yer maydonini suv bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida sug‘orish infratuzilmasini rivojlantirish ishlari olib borilmoqda.
Joyiga chiqib o‘rganish davomida quyidagi loyihalar bo‘yicha qurilish va amalga oshirish ishlari ketayotgani ko‘zdan kechirildi:
🔹 1 ta tik quduq qurish — tomorqa yerlarini sug‘orish uchun qo‘shimcha suv manbaini yaratish;
🔹 1 ta quyosh panelli suv nasosini o‘rnatish — suv chiqarishda energiya tejamkor texnologiyalardan foydalanish;
🔹 1,3 kilometr ariqlarni betonlashtirish — sug‘orish suvini yetkazib berish samaradorligini oshirish va suv yo‘qotishlarini kamaytirish.
Mazkur loyihalar amalga oshirilishi natijasida tomorqa yerlarini sug‘orish imkoniyatlarini kengaytirish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish samaradorligini oshirish va aholi xonadonlari daromadlarini ko‘paytirish uchun sharoit yaratish ko‘zda tutilgan.
O‘rganish jarayonida loyihalarning joylardagi holati, qurilish ishlarining borishi va belgilangan vazifalar ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

Prezident qarorlari ijrosini joylarda ta’minlash, ajratilayotgan mablag‘larning samaradorligini nazorat qilish va aholi manfaatlariga xizmat qiladigan loyihalarning amalga oshirilishini kuzatib borish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishidir.

Slide 1 of 7